Biz haqimizda

Men Ziyodulla Abdullayev, Ziyo Agency asoschisiman. Bizneslar va xizmat ko'rsatuvchi brendlar uchun ishonchli ko'rinadigan va mijoz olib kelishga xizmat qiladigan saytlar yarataman. Restoran, kafe, turizm agentligi, o'quv markazi, shaxsiy brend va boshqa xizmat bizneslari bilan ishlayman. Men uchun sayt faqat chiroyli sahifa emas. U mijozga kimligingizni, nima taklif qilishingizni va nega sizga ishonish mumkinligini tez tushuntirishi kerak. Ish jarayonida avval biznes maqsadini tushunaman, keyin strukturani, matnni, CTA oqimini va mobil tajribani tartiblayman. Maqsad oddiy: mijoz siz haqingizda kerakli ma'lumotni tez topsin, ishonch hosil qilsin va bog'lanish yoki xarid qilishga oson o'tsin.